Turkiyada bayramlar koronavirusga chalinganlar soni oshishiga olib kelmasligiga umid qilinmoqda

Jahon 01:13 / 06.08.2020 5398

“Bugungi kun yangi kasallanish holatlari soni kechagi kunga nisbatan 95taga ko‘paydi. Oxirgi 24 soat ichida 54 mingta tahlil olindi. Umumiy hisobda 5 mlndan ko‘proq test olingan. Biz bayramlar va dam olishlar yangi kasallanishlarga olib kelishiga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim”, deb yozgan Twitter’da Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja.  

Vazir Turkiyada uch kundan beri yangi kasallanish holatlari soni ortib borayotganini ko‘rsatuvchi ma'lumotlarni keltirib o‘tgan. Mamlakatda uch kundan beri kasallanish holatlari mingtadan ko‘proqni tashkil qilmoqda. 

Xo‘ja virusning qayta avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun fuqarolarni ijtimoiy masofalashuv me'yorlariga rioya qilishga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqirgan. 

Turkiyaliklarga jamoat joylarida, jumladan plyajlarda niqob taqish majburiy qilib qo‘yildi. 

5 avgust holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 236 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 5784 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, 219 mingdan ko‘proq bemor to‘liq sog‘ayib ketgan. 

Ko‘proq yangiliklar: