Rossiyada xorijlik talabalar patent olmasdan ishlashi mumkin bo‘ldi

Jahon 15:10 / 05.08.2020 11698

Rossiyada chet ellik talabalar o‘qish davomida ishga kirishi osonlashmoqda. Endi ulardan maxsus ruxsatnoma yoki patent talab qilinmaydi, deb xabar berdi mamlakat ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

 Qayd etilishicha, «RFdagi xorij fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirgach, xorijlik talabalarning ishga joylashishi uchun o‘quv yurtidan ularning haqiqatan Rossiyada o‘qiyotganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma bo‘lsa yetarli.

«Ish beruvchi xorijlik ishchilarni jalb etish va ulardan foydalanish uchun ruxsat olishi shart emas», — deyiladi vazirlik xabarida.

 Xorijlik talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida har qanday korxonada ishlashiga ruxsat beriladi. Ular diplom olganlaridan so‘ng ish beruvchi bilan shartnomani bekor qilishlari lozim.

 Ilgari chet ellik talabalar faqat ta'tilda va faqat o‘z o‘quv muassasalari bazasida ishlashi mumkin edi.

Ko‘proq yangiliklar: