Google okean tubi orqali AQShdan Yevropaga optik tolali internet o‘tkazadi

Fan-texnika 15:42 / 28.07.2020 3996

Google kompaniyasi AQShdan Ispaniyaga Grace Hopper suvosti optik tolali kabelini o‘tkazishni boshlaganini e'lon qildi

 Amerikalik kompyuter dasturchisi sharafiga nomlangan Grace Hopper internet kabeli AQShni Buyuk Britaniya va Ispaniya bilan bog‘laydi. 

Korporatsiyaning ma'lumot berishicha, Grace Hopper Google tarixidagi AQSh va Ispaniyani bog‘laydigan birinchi internet-kabel bo‘ladi. 

 CNBC telekompaniyasining xabar berishicha, Grace Hopper kabelining uzunligi AQShdan Buyuk Britaniyagacha 6 250 km va AQShdan Ispaniyagacha 6 300 km bo‘ladi.

 Google hozirda Portugaliya va JAR hamda AQSh va Fransiyani kabellar orqali bir-biri bilan bog‘lagan.

Ko‘proq yangiliklar: