Telegram test rejimida videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini ishga tushirdi

Fan-texnika 21:31 / 26.07.2020 9726

Funksiyadan foydalanish uchun ilovaning so‘nggi versiyasini ko‘chirib olish yoki yangilash shart. So‘ngra «sozlash» belgisini 10 marta bosish, ochilgan darchada Experimental Feature (Eksperimental funksiyalar) xizmatini yoqish zarur. Shundan so‘ng, videoqo‘ng‘iroqlar servisi ishga tushiriladi. Undan foydalanish uchun suhbatdoshda ham yangi funksiya yoqilgan bo‘lishi kerak.

Videoqo‘ng‘iroqlardan tashqari, Telegram boshqa yangiliklarni ham taqdim qildi. Masalan, endi avatarga oddiy rasm o‘rniga videoavatar qo‘yish mumkin. Shuningdek, «Atrofdagi odamlar» bo‘limi ham yaxshilandi. U orqali suhbatdoshning qanday masofada ekanini bilish mumkin. Bundan tashqari, 500 ishtirokchidan ortiq bo‘lgan guruhlarga kengaytirilgan statistikadan foydalanish imkoni berildi. Messenjer orqali jo‘natish mumkin bo‘lgan fayllar hajmi 1,5 Gb dan 2 Gb ga yetkazildi. Qayd qilish joizki, bu xizmatlardan nafaqat iOS, balki Android tizimida ham foydalanish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: