Harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiritishga va'da bergan shaxsga sud hukmi e'lon qilindi 

Jamiyat 13:35 / 17.02.2020 5012

Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2019 yil iyun oyida Oltinko‘l tumanida yashovchi 34 yoshli R.E. Marhamat tumanida yashovchi O.K.ning o‘g‘lini harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, undan 6.000.000 so‘m miqdorda pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va bergan va'dasini bajarmagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan R.E.,ga nisbatan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. R.E.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblov e'lon qilingan va “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buloqboshi tuman sudining 2020 yil 23 yanvar kungi hukmiga ko‘ra, R.E. ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 2 yil 3 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: