Chelyabinskda sodir bo‘lgan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Jamiyat 15:40 / 17.02.2020 11207

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yilning 16 fevral kuni Chelyabinsk–Troitsk trassasi, Chelyabinsk oblasti hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi Z.S. vafot etdi.

TIV xabariga ko‘ra, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti YTH munosabati bilan hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.

Ko‘proq yangiliklar: