Aziz Ikromov: «Propiska so‘zi o‘rniga «qayd etish» so‘z birikmasi ishlatiladi»

O‘zbekiston 14:56 / 17.02.2020 47451

Xalqaro press-klubning davlat dasturi loyihasining davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, sud-huquq sohasini isloh qilish, xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda tashqi siyosat sohalaridagi dolzarb tadbirlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda Oliy Majlisning yuqori va quyi palata, Bosh prokuratura, IIV vakillari ishtirok etishmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov propiska so‘zi amaldan chiqarilishini ma'lum qildi.

“Propiska -  eskidan qolib ketgan tizim. 2011 yildan hozirga qadar Toshkent viloyatida 76 mingdan ziyod fuqaro, Toshkent shahrida esa 200 ming fuqaro doimiy propiskaga o‘tgan. 

Endilikda propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga "qayd etish" so‘z birikmasi ishlatiladi”, - dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.

Bundan oldin, 2020 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda doimiy propiska mavjudligi haqidagi talabni bekor qilish mo‘ljallanayotgani xabar berilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: