Xiaomi 108 megapiksel kamerali yangi flagmanlarni taqdim qildi

Fan-texnika 18:42 / 14.02.2020 9462

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi Mi 10 va Mi 10 Pro flagman telefonlarini taqdim qildi. Ikki talqin ham 2 340 x 1 080 piksel imkoniyatga ega 6,67 dyumli ekran bilan ta'minlangan.

Uskuna 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydi va yangi formatdagi LPDDR5 tezkor xotiraga ega (ichki tuzilmadan kelib chiqib 8 yoki 12 GB).

Mi 10 flagmani 108 Mp’da ishlaydigan bosh modul va 13 Mp keng burchakli kameralarga ega. 8K imkoniyatli video olish mumkin. Mi 10 Pro’da keng burchakli obektiv 20 megapikselli, bosh modul bir xil — 108 Mp.

Bundan tashqari, katta modelda 12 va 8 megapiksel imkoniyatli ikki teleobektiv bor (50 marta raqamli va 10 marta gibrid yaqinlashtirish).

Mi 10 savdolari 14 fevraldan boshlanishi aytilgan, Mi 10 Pro esa 4 kun keyinroq sotuvga chiqadi.
 

Ko‘proq yangiliklar: