APL. Manchester derbisida g‘alaba qozongan «MYu» 5-o‘ringa ko‘tarildi

Sport 00:31 / 08.12.2019 17299

APLda 16-turning markaziy o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida hamshahari «MYu»ni qabul qilgan «Manchester Siti» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Avvaliga Markus Reshford 23-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni ochdi. 29-daqiqada Antoni Marsyal farqni ikkitaga oshirdi. 85-daqiqada Nikolas Otamendi «Siti»ning yagona golini urdi. Bu g‘alabadan so‘ng «MYu» ochkolari sonini 24 taga yetkazib 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Manchester Siti»ning ochkolari esa 32 taligicha qoldi va Gvardiola jamoasi uchinchi o‘rinda qoldi. Endilikda amaldagi chempion «Siti» APL yetakchisi «Liverpul»dan 14 ochko ortda qolmoqda.

APL. 16-tur

Manchester Siti – Manchester Yunayted 1:2

Gollar: Otamendi (85) — Reshford (23, penalti), Marsyal (29).
Manchester Siti: Ederson, Stounz (Otamendi, 59), Uoker, Anxelino, Fernandino, Rodri Ernandes, de Bryuyne, Bernardu Silva (Marez, 65), Silva, Sterling, Gabriel Jyezus.
MYu: De Xea, Maguayr, Lindelyof, Uan-Bissaka, Shou, Lingard, Jyeyms, Maktomini, Fred, Marsyal (Pereyra, 74), Reshford.

Ko‘proq yangiliklar: