Jasur Jaloliddinov Italiya klubiga o‘tadi

Sport 19:51 / 24.11.2019 58390

«Bunyodkor» klubi matbuot xizmati xabar berishicha, 17 yoshli Jasur Jaloliddinov Italiya «B» Ceriyasi ishtirokchisi «Benevento» safiga o‘tadi.

«Yosh futbolchimizning harakatlari klub ustozi, italiyalik mashhur sobiq futbolchi Filippo Indzagiga ma'qul kelgan», deyiladi xabarda.

«Bunyodkor» klubi tez orada ushbu yarimhimoyachisining kelajagi bo‘yicha batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilgan.

Jaloliddinov joriy mavsumda «qaldirg‘ochlar» klubining asosiy tarkibidan o‘rin olgan va O‘zbekiston chempionatida 20ta o‘yinda ishtirok etib, 2ta gol urishga erishgan.

U Superliganing 24-turi doirasida «Navbahor»ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin yakunida yana almashtirildi.

Ma'lumot uchun, Jasur Jaloliddinov oktabr oyida The Guardian nashri tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatiga (60 kishilik ro‘yxatdan «Barselona» yarimhimoyachisi Anssumane Fati ham o‘rin olgan) kiritilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: