Toshkent viloyatida 2ta avtobus YTHga uchradi. Avtobuslarda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan 

Jamiyat 10:40 / 08.11.2019 39318

2019 yilning 8 noyabr kuni soat 07:15lar atrofida Toshkent viloyatida ikkita avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, "Oqqo‘rg‘on-Quyi Chirchiq-Yangiyo‘l" yo‘nalishida harakatlanayotgan "Isuzi" markali avtobus mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda to‘qnashib ketgan avtobuslarda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. 

Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning yaqinlariga xabar berilgan. 

Yo‘lovchilarning 1 nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Vaziyat huquq-tartibot idoralari nazoratiga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: