Ruhoniy neft obektlariga hujumni Saudiya Arabistoniga ogohlantirish deb atadi

Jahon 09:01 / 19.09.2019 27208

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujumni yamanlik husiylarning ogohlantirishi deb atadi. Hujumlar 14 sentyabrda amalga oshirilgandi. Ular uchun javobgarlikni husiylar o‘z zimmasiga olib, hujum vaqtida 10 ta dron qo‘llashganini ma'lum qilishgan.    

“Yamanliklar o‘z dushmanlarini ogohlantirish uchun shifoxona yoki maktabga emas, sanoat obektiga zarba berishdi. Dushman kuchlari Yamandagi vaziyatdan saboq chiqarib, mintaqada o‘z harbiy harakatlarini to‘xtatishi lozim”, deb aytgan Eron prezidenti.

Ruhoniy, shuningdek, urushni husiylar emas, Saudiya Arabistoni boshlaganini aytib o‘tgan. U AQShning hujumga Eronning aloqasi borligi haqidagi ayblovlariga “Yolg‘on ayblovlar o‘rniga oyoqqa turayotgan xalqlar kuchini hisobga olish lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan.  

Ko‘proq yangiliklar: