Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi Bo‘zatov tumani tashkil etiladi

O‘zbekiston 17:50 / 27.08.2019 14996

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibida Bo‘zatov tumanini tuzish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi. Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berishicha, deputatlar tomonidan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibida Bo‘zatov tumanini tuzish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan.

«Xalq vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qarorini ko‘rib chiqib, «O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Kegeyli tumani «Qusqanatov», «Yerkindarya», «Aspantay» ovullarining, «Bo‘zatov» shaharchasining hamda Chimboy tumani «Ko‘k-suv» ovulining hududlarini birlashtirib, Bo‘zatov tumanini tuzishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildilar», deyiladi xabarda.

Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Ma'lumot uchun, chorvachilikka ixtisoslashtirilishi kutilayotgan Bo‘zatov tumani ilk bor 1979 yilda tashkil topgan va 1988 yilda tugatilib, 1990 yilda yana tuman sifatida tuzilgan. So‘ng 2004 yilda Kegeyli tumani tarkibiga qo‘shib yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: