Merkel Germaniya harbiy xarajatlarni oshirishni davom ettirishini aytdi

Jahon 01:39 / 22.07.2019 6614

Germaniya kansleri Angela Merkel hukumat mudofaaga xarajatlarni oshirishni davom ettirishini aytdi. Deutsche Welle mediakompaniyasining xabar berishicha, kansler bu haqda Berlinda bundesver harbiylari oldidagi nutqida aytib o‘tgan.

“Askarlarimiz o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur ko‘mak, anjomlar va tayyorgarlikni olishi lozim. Shu munosabat bilan mudofaaga xarajatlarni oshirdik va buni kelgusida ham davom ettiramiz”, deb aytgan Merkel. Uning ta'kidlashicha, Germaniya buni BMT, NATO va Yevropa Ittifoqi bo‘yicha hamkorlari uchun qilishi lozim.

Avvalroq Germaniyaning yangi mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer mudofaaga xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 2 foizi miqdorigacha oshirish tomon harakatlanish lozimligini aytgandi. U Frankfurter Allgemeine Zeitung nashriga bergan intervyusida bunga bir zumda erishib bo‘lmasligini, biroq bu yo‘nalishda harakat qilish lozimligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: