Sanjar Tursunov va Shohrux Gadoyev «Tejon Sitizen»ni tark etishdi

Sport 00:22 / 19.07.2019 12429

O‘zbekistonlik yarimhimoyachilar Sanjar Tursunov va Shohruh Gadoyev Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubi bilan imzolagan shartnomasini bekor qilishdi.

Korea Football News xabariga ko‘ra, har ikkala futbolchi klubni tark etishgan.

Eslatib o‘tamiz, Sanjar Tursunov 2018 yil yozida, Shohruh Gadoyev esa 2018 yil bahorida «Tejon Sitizen»ga o‘tgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: