Pogba «Real»ga o‘tmaydi. Zidan tan oldi

Sport 14:30 / 18.07.2019 9446

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub yozgi transferlar vaqtida «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbani safiga qo‘shib ololmasligini tan oldi.

Madridliklar bir necha hafta mobaynida ushbu futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib kelishdi, ammo muvaffaqiyatga erisha olishmadi.

Mankunianliklar ushbu futbolchisi uchun 200 million yevrolik narx belgilashgan, yozgi transferlar chog‘ida 6 nafar futbolchini xarid qilib ulgurgan ispanlar esa endi bu narxga futbolchi sotib olisholmaydi.

O‘tgan mavsumda Pogba Angliya chempionatida 35 uchrashuv o‘tkazib, 13 gol urgan. U shuningdek, Chempionlar ligasi doirasidagi 9 o‘yinda 2 golga mualliflik qilgan.

Bundan avvalroq, ushbu havbekka «Real»dan tashqari «Yuventus» tomonidan ham jiddiy qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: