Facebook 2020 yilda o‘z kriptovalutasini chiqarishini e'lon qildi

Fan-texnika 16:15 / 18.06.2019 4527

Facebook o‘zining Libra deb nomlanuvchi kriptovalutasi asosida moliyaviy xizmatlarni taqdim etadigan Calibra sho‘'ba kompaniyasini tashkil etdi.

«Calibra o‘zining ilk mahsulotini – blokcheyn texnologiyasiga asoslangan Libra valutasi uchun raqamli hamyonni taqdim etadi», — deyiladi ijtimoiy tarmoq xabarida.

Kriptovaluta uchun hamyon Messenger va WhatsApp ilovalarida paydo bo‘ladi, shuningdek, 2020 yilda alohida ilova ko‘rinishida chiqadi, deb va'da bermoqda Facebook.

Calibra servisi smartfoni bor har qanday insonga «arzon narxda yoki butunlay bepul ravishda» pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi.  

Facebook o‘z kriptovalutasini yaratish ustida ish olib borayotgani haqida Bloomberg o‘tgan yil dekabrda xabar qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: