Zelenskiy o‘zi taklif qilgan qonun loyihasining ko‘rib chiqilishi rad etilganiga izoh berdi 

Jahon 23:57 / 22.05.2019 17176

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy u tomonidan taklif qilingan halq deputatlari saylovlari haqidagi qonun loyihasinining oliy radada ko‘rib chiqilishi rad etilganiga izoh berdi. 

“Eski siyosatchilar eski tizimni tanladilar, chunki faqatgina shu narsa ularga siyosiy hayotlarini davom ettirishga imkon beradi”, deb yozgan davlat rahbari feysbukda.

Uning fikricha, deputatlar “pul va grechka uchun yana parlamentga kirishni” mo‘ljallashmoqda. “Biroq aminmanki, ular adashishmoqda. Hattoki majoritar okruglarda ham davlatni so‘zda emas, amalda o‘zgartira oladigan yangi siyosatchilarni saylaysiz”, deb aytib o‘tgan Zelenskiy.

Zelenskiy taklif qilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun radada zaruriy 226 ovoz bilan 92 deputatgina ovoz bergan. 

Shundan so‘ng Zelenskiyning maslahatchisi Ruslan Stefanchuk parlament a'zolarini kelishuvlarni buzganlikda aybladi. Uning so‘zlaricha, bundan avvalroq davlat rahbari va deputatlar saylov qonunchiligini o‘zgartirish bo‘yicha murosaga erishgandilar.

Ko‘proq yangiliklar: