Xitoylik ayol avtomobil uchun 66 qop tanga to‘ladi

Jahon 23:00 / 22.05.2019 14073

Xitoyning Tsanchjou shahrida bir ayol yangi mashina xaridi uchun 13 mingta tanga bilan hisob-kitob qildi. Ushbu voqea videosi bilan Daily Mail nashri bo‘lishgan.

Ayol avtomobil salonida 190 ming yuan turuvchi Volkswagen Passat’ga buyurtma bergan. U to‘lagan tangalar 66 qopni egallagan. Ayolning aytishicha, u mashina sotib olish uchun 10 yil davomida oz-ozdan pul jamg‘arib borgan.

Videoda salon xodimlari tangalarni sanayotgani jarayoni tasvirlangan. Polda katta miqdorda tangalar va qoplar yotganini, ishchilar esa tangalarni bankka yetkazish uchun o‘ramlarga joylashtirayotganlarini ko‘rish mumkin. Do‘kon direktorining aytishicha, barcha tangalarni hisoblab chiqish uchun 17 xodim 3 kun ter to‘kkan.

Natijada ayol avtomobil uchun 131492 yuanni naqd pulda to‘lagan, qolgan summani esa elektron bank orqali o‘tkazib bergan.

Ko‘proq yangiliklar: