O‘zbekistonda YeXHT vakili hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida tadbirlar tashkil etiladi 

O‘zbekiston 22:18 / 22.05.2019 1734

21 may kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, YeXHT hamda Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlarning doimiy vakili Sherzod Asadov YeXHT ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir bilan uchrashdi.

Arlem Dizer O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi uchun zarur sharoit yaratish, jurnalistlar nufuzi mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan harakatlarni, shuningdek, xorijiy yangiliklar saytlari va inson huquqlari bo‘yicha veb-resurslardan to‘laqonli foydalanish imkoni tiklanganini alohida e'tirof etdi.

Uchrashuv yakunida YeXHT ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili mandati doirasida 2019 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda qator tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: