Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri tasdiqlanadi

Foto: Getty Images
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Yangi tahrirdagi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ko‘ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Xalq deputatlari Kengashlari tegishli viloyat, tuman, shahar hududida istiqomat qiladigan fuqarolar tomonidan saylanadi, ularning irodasini ifoda etadi va qonunchilikka muvofiq uni amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilaydi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi va tegishli hududdagi ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, ijtimoiy adolat, demokratizm, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududlarni barqaror rivojlantirish, ochiqlik va faoliyatning shaffofligi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan qarorlari loyihalari majburiy tartibda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan qarorlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi, basharti qarorlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarori viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari, quyi turuvchi davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish vazifalarining amalga oshirish;
aholining hayoti darajasi va sifatining muntazam ravishda o‘sishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
hududning sanoat salohiyatini rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish, dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tarkibiy o‘zgartirishlarni ta'minlash;
tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
tegishli hududda davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, tabiiy resurslarni holatini baholash, ekologik zararli obektlar hisobini yuritish, chiqindilar bilan bog‘liq obektlarni joylashtirish masalalarini hal qilish;
aholi bandligi sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash, shuningdek budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish;
mahalliy kommunal xo‘jaligiga rahbarlik qilish;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqboli va aholini joylashtirish tizimidan kelib chiqib, shaharlar va shahar aholi punktlarini qurish va rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadbirlarning mahalliy budjetdan moliyalashtirilishini ta'minlash;
turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash va ularning hisobini yuritish, ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat boshqaruvining hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
terrorizmga qarshi kurashishni, odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi hamda soliq va bojxona qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlariga zarur yordam ko‘rsatish;
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;
davlat strategik va zaxira rezervlarini shakllantirishni, ularni to‘plash, saqlash va yangilashni inobatga olgan holda ta'minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat chegaralarini qo‘riqlash, fuqarolarni harbiy tayyorgarligini tashkil etish va rahbarlik qilish, umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy jihatdan ta'minlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa faoliyatlar hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?
Ko‘chmas mulk | 15:35
-
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33
-
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin
O‘zbekiston | 15:25
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025