Zelenskiy AQShdan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni so‘radi

Jahon 00:01 / 21.05.2019 24187

Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy 20 maydagi inauguratsiyasidan keyin Kiyevga kelgan Oq uy delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Ta'kidlanishicha, Zelenskiy AQShdan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni so‘ragan.

“Donbass va Qrimdagi Rossiya tajovuzini mustaqil ravishda yenga olmaymiz. Shu sababli yordamingiz kerak. AQShni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqiraman”, deb aytgan Zelenskiy.

Zelenskiy Vashington Kiyevning “Rossiya tajovuzini yengib o‘tishdagi” bosh sherigi bo‘lib qolishini ta'kidlab o‘tgan.

Ukraina prezidenti xorijiy hamkasblariga xavfsizlik sohasidagi islohotlarni ilgari surishdagi yordamlari uchun minnatdorlik bildirgan va AQShni demokratiyaga “yaxshi o‘rnak” deb atagan. 

Ko‘proq yangiliklar: