OChL. «Paxtakor» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, guruhda qolib ketdi

Sport 02:11 / 21.05.2019 19308

Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

«Paxtakor» safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ahliy» klubi bilan bellashdi. Toshkentliklarni bu bahsda durang natija ham qoniqtirar edi. Biroq, «Paxtakor» 1:2 hisobida yutqazdi. 

69-daqiqada Umar As-Soma mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, o‘yin yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida Sergeyev javob golini urdi. Bu natija «Paxtakor»ni to‘liq qoniqtirardi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda G‘arib «Al-Ahliy»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Natijada, Qatarning «As-Sadd» klubi 1-o‘rin, «Al-Ahliy» 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. «Paxtakor» 3-o‘rin bilan guruhda qolib ketdi.

OChL, D guruhi, 6-tur
20 may
Persepolis (Eron) - As-Sadd (Qatar) 2:0
Gollar: Turobiy (16), Alipur (67)

Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) – Paxtakor (O‘zbekiston) 2:1
Gol: As-Soma (69), G‘arib (90+2) – Sergeyev (88)
Al-Ahliy: Muhammad Uvays, Muhammad Fozil, Paulo Dias, Abdulloh Tarmin, Abdulbosit Hindiy, Aderlan Santos, Yusuf Harbiy, Salmon Muvashar, Abdulfattoh Asiriy, Xorxe Semedo, Umar As-Soma (s)
Zaxira: Bosim Solih, Taysir Jasim, Nuh Ibrohim, Ayman Alhulayf, Abdulrahmon G‘arib, Hani Ismoil, Umar Siroj
Paxtakor: Quvvatov, Sayfiyev, Krimets (s), A'zamov, Alijonov, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Masharipov, Cheran, Hamdamov, Bikmayev
Zaxira: Suyunov, Komilov, Ahmadov, Sergeyev, Kozak, Sindarov, Simich

Ko‘proq yangiliklar: