«Manchester Siti» Angliyada «trebl» qilgan ilk klub bo‘ldi

Sport 00:48 / 19.05.2019 7650

«Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Uotford»ni 6:0 hisobida yengdi.

Rahim Sterling o‘yinda het-trikka erishdi. David Silva, de Bryuyne va Gabriel Jyezus ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishdi.

Natijada, Xosep Gvardiola shogirdlari bu mavsumda «trebl» qilishga, ya'ni Angliyadagi uchta musobaqada g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Avvalroq, «shaharliklar» Liga Kubogi bilan Premer-Ligada muvaffaqiyat qozonishgan edi.

Oxirgi marta Angliya Kubogida bir jamoa javobsiz 6ta gol rishi 1903 yilda kuzatilgandi. O‘shanda «Beri» «Derbi Kaunti» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongandi.

Bu bilan «Manchester Siti» Angliyada «trebl» qilgan ilk erkaklar jamoasiga aylandi. 2007 yili «Arsenal» ayollar jamoasi APL, Liga Kubogi va Angliya Kubogida g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Siti» chempionlik uchun kurashda «Liverpul»ni 1 ochko ortda qoldirishga erishdi. Liga Kubogi finalida esa «Chelsi»ni (0:0, pen. 4:3) mag‘lub etdi.

Angliya kubogi, final
18 may, «Uembli» stadioni
Manchester Siti – Uotford 6:0 (2:0, 4:0)
Gollar
: 1:0 – 26 David Silva, 2:0 – 38 Sterling, 3:0 – 61 de Bryuyne, 4:0 – 68 Gabriel Jyezus, 5:0 – 81 Sterling, 5:0 – 87 Sterling. 
Manchester Siti – Ederson, Laport, Kompani, Uoker, Zinchenko, David Silva (Stounz, 79), Gundo‘g‘an (Sane, 73), Mahrez (de Bryuyne, 55), Bernardu Silva, Sterling, Gabriel Jyezus.
Uotford – Gomes, Mariappa, Xolebas, Femeniya, Ketkart, Dukure, Kapu, Pereyra (Saksess, 66), Xyuz (Kleverli, 73), Deulofeu (Grey, 66), Dini.
Ogohlantirishlar: Dukure (22), Silva (60), Femeniya (80).

Ko‘proq yangiliklar: