Ramos Peresdan Pogbani sotib olmaslikni so‘radi

Sport 11:42 / 18.05.2019 9263

«Real» sardori Serxio Ramos «Manchester Yunayted»dan yarimhimoyachi Pol Pogbani sotib olish g‘oyasiga qarshi, deb yozadi Don Balon.

Nashrning keltirishicha, Ramos klub prezidenti Florentino Peresdan ushbu transferga qo‘l urmaslikni so‘ragan. Uning fikricha, Pogbaning jamoaga qo‘shilishi kiyim almashtirish xonasidagi muhitga salbiy ta'sir qiladi.

Aniqlik kiritilishicha, Serxio Polning o‘zini tutishini Garet Beylga taqqoslab tushuntirgan. U, shuningdek, bosh murabbiy Zinedin Zidan hamyurti Pogbaga boshqalarga qaraganda ayro munosabatda bo‘lishi ehtimoli borligini qo‘shimcha qilgan.

Xabarlarga qaraganda, «Real» 26 yoshli yarimhimoyachi uchun 150 mln yevro to‘lashga tayyor, biroq«qizil iblislar» 180 mln so‘rashmoqda.

Ma'lumot uchun, Pogba bu mavsum Angliya chempionatining 35ta o‘yinida qatnashib, 13ta gol urdi (7tasi penaltidan) va 9ta golga hammuallif bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: