Allegrining «Yuventus»ni tark etishi sabablari ma'lum bo‘ldi

Sport 14:30 / 18.05.2019 8759

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klub rahbariyati bilan o‘zaro kelishgan holda mavsum oxirida ketishga qaror qilgan.

AS xabariga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassisning tarkib bo‘yicha fikri rahbariyatnikiga to‘g‘ri kelmagan. Allegri yozda jamoani yangilash tarafdori bo‘lgan, ammo rahbariyat bunga ko‘nmagan. Natijada, murabbiyning 2020 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan beri boshqarmoqda. Uning qo‘l ostida turinliklar 5 marta Italiya chempioni bo‘lishdi va 4 marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, 2 marta Chempionlar Ligasi finalida to‘p tepishdi.

Avvalroq, Allegri xizmatiga «Bavariya», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Tottenhem» va «Galatasaroy» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: