Toshkentda Kyung-in xalqaro universiteti filiali ochiladi

O‘zbekiston 11:33 / 23.04.2019 7502

2019-2020 o‘quv yilida Toshkentda Janubiy Koreyaning Kyungin xalqaro universiteti filiali ochiladi. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Universitetning ochilishi oliy ta'lim muassasasi ma'muriyati hamda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi o‘rtasida 20 aprel kuni imzolangan memorandum asosida amalga oshiriladi.

Universitetda to‘qimachilik, dizayn, moda, aviatsiya va turizm, go‘zallik sanoati, sog‘liqni saqlash va koreyashunoslik sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi. U o‘quv-laboratoriya uskunalari hamda kutubxona fondlari bilan ta'minlanadi.

Kyung-in Woman’s University - Janubiy Koreya davlat oliy ta'lim muassasasi. Universitetda 300dan ortiq o‘qituvchi ishlaydi va 2000dan ortiq talaba tahsil oladi, xalqaro almashinuv dasturlari mavjud. 

Toshkentda universitet filialini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: