Rossiyaga yo‘l olgan o‘zbeklar Qozog‘iston chegarachilariga pul berishi shartmi?

O‘zbekiston 22:00 / 21.04.2019 90510

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ «Yo‘lovchi vagonlarni reysga texnik tayyorlash va xizmat ko‘rsatish» filiali vagon kuzatuvchisi Aznaur Xolmuradov yo‘lovchilardan Qozog‘iston Respublikasi chegara xodimlariga pul berish uchun 500 Rossiya rubldan pul yig‘moqchi bo‘lgan. 

Tasvirda ko‘ringan temir yo‘llar xodimi O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga qatnaydigan xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlar Qozog‘iston Respublikasi chegara xodimlari tomonidan uch joyda tekshirilishini va ular vagon kuzatuvchilaridan pul talab qilishlarini  bayon qilgan. 

 Bosh prokuratura taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, Aznaur Qozog‘istoning chegarachilariga pul berilmasa, yo‘lovchilarga bosim qilinishi, shu sababli yo‘lovchilardan pul yig‘ib berishini ma'lum qilgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ vakilining aytishicha, Aznuar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi allaqachon bekor qilingan. 

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: