Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fayoztepa yodgorligi qanday haqiqatdan dalolat beradi?
Toshkentlik arxeolog Albaum 1963 yili Eski Termiz shahri vayronalari atrofidan qadimgi ibodatxona qoldiqlarini topgan. Tarixiy ahamiyatga ega maskan Fayoztepa nomini olishiga Surxondaryo viloyati O‘lkashunoslik muzeyi rahbari R.F. Fayozov arxeologiya ilmiga qo‘shgan hissasi sabab bo‘lgan.
Fayoztepa qanday maskan bo‘lgan?
Qadimgi ibodatxona vazifasini o‘tagan maskanda mahalliy o‘troq aholi diniy urf-odatlarini amalga oshirgan. Arxeologlar qazishma ishlar chog‘ida maskandan o‘rta hajmli Budda haykali (eramizning I-III asrlariga oid), uy anjomlari va oshxona jihozlari, kundalik turmushda kerak bo‘ladigan ashyolar topishgan.
Ibodatxona 1,5 ming kv.m maydonda joylashgan bo‘lib, uning markazida Vixara, uch bo‘limdan iborat binoda esa yotoqxona, ombor va maishiy maqsadlarda barpo etilgan xonalar bo‘lgan.
U qanday ahamiyatga ega?
Fayoztepa yodgorligi, avvalo, shu hududda yashagan aholining 2000 yil avval atrof-muhit haqidagi bilimlari naqadar puxta bo‘lganidan dalolat beradi. Masalan, tepalik yaqinidan oqib o‘tuvchi Amudaryo va Eski Termiz orasida katta masofa bo‘lmasa-da, aholi suv ayrig‘ich (akveduk) inshootini qurib, shahar kanalizatsiyasini tashkil etishga muvaffaq bo‘lishgan. Shuningdek, Fayoztepa ibodatxonasi markazida hovuz, uning chetlaridan toshdan qurilgan ustunlar shiftni ko‘tarib turgan. Bu grek-rim me'morchilik san'atini eslatib yuboruvchi arxitektura yechimi Eski Termiz aholisi sivilizatsiya markazini barpo eta olishganini bildiradi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

14:35 / 23.05.2025
Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

11:05 / 04.06.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda Nexia-3 mashinasi yonib ketdi

21:00 / 31.01.2024
Surxondaryolik yigit Telegram’da soxta havolalar berib o‘zganing 27 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi

22:39 / 27.07.2023