Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy vazifalari belgilandi

Foto: AFP
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, apparat Hukumat faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot- tahliliy va bayonnoma jihatdan ta'minlaydi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritalari”, jadvallar, harakatlar dasturlari, amaliy chora- tadbirlarni ishlab chiqadi.
Apparat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Apparat unga yuklangan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining apparatlari, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Apparat yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, g‘aznachilik shaxsiy va bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Quyidagilar apparatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shchuningdek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan Hukumatning vakolatlari amalga oshirilishini ta'minlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensnyalarini kompleks tahlil qilinishi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgartirishlarning, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining tizimli monitoringi olib borilishini ta'minlash:
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni, hududlarni kompleks rivojlantirishni, tadbirkorlikni keng rivojlantirish, aholi bandligi va hayoti darajasini izchil oshishini ta'minlaydigan eng muhim ustuvor vazifalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
markaziy iqtisodiyot idoralari va ularning hududiy bo‘linmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda davlat dasturlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarida iqtisodiy, ijtimoiy va ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishining tizimli tahlilini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi ustidan monitoring tizimini yaratish;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib chiqib, respublikaning xorijiy davlatlar, davlatlarning mintaqaviy birlashmalari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va respublikaning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini, shuningdek, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llanilishini monitoring qilish jarayonining ajralmas qismi sifatida ularning tartibga solish ta'sirini baholashning kompleks tizimi amal qilishini ta'minlash va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqlimshunos: “Kuzatilayotgan issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy ta’sir qilmoqda”
O‘zbekiston | 10:04
-
Yandex Uzbekistan svetofor chiroqlarini real vaqtda xaritalarda ko‘rsata boshladi
O‘zbekiston | 10:00
-
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda
Jahon | 09:54
-
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
Avto | 09:21
Mavzuga oid

08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi

15:25 / 19.11.2024