Xitoyda turistik avtobus harakatlanish vaqtida yonib ketdi

Jahon 23:08 / 22.03.2019 6774

Xitoyning Xunan viloyatidagi trassada turistik avtobus yonib ketdi. Ayni vaqtda voqeada jabrlangan 30 kishi shifoxonaga yetkazilgan. Bu haqda falokat yuz bergan Chande shahri rahbariyati bayonotida aytilgan.

Falokat 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19.15da Chansha-Chjanszyatsze trassasida yuz bergan. Ichida 56 kishi bo‘lgan avtobus harakatlanish vaqtida noma'lum sababga ko‘ra alanga ichida qolgan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni ma'lum qilinmagan. Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: