Toshkent shahrida Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazish dasturi e'lon qilindi

O‘zbekiston 16:58 / 20.03.2019 18800

Toshkent shahar hokimligi 21 martdan 24 martgacha Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazish dasturi haqida ma'lumot berdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi orqasida - soat 12:00 dan 22:00 gacha simfonik orkestri konserti va gullar festivali o‘tkaziladi.

Sayilgoh ko‘chasidagi favvora oldida va A.Navoiy nomidagi teatr binosi - soat 12:00 dan 19:00 gacha viloyatlar ko‘rgazmasi, DJlar festivali hamda katta konsert dasturlari namoyish etiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati avtoturargohi - soat 12:00 dan 20:00 gacha “Sharq bozori” tashkil etiladi.

Zarafshon KSM avtoturargohi - soat 12:00 dan 20:00 gacha Milliy ustalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

«Hyatt Regency» mehmonxonasi - soat 12:00 dan 18:00 gacha Milliy o‘yinlar tashkil etiladi.

Bundan oldin, 21 va 22 mart kunlari Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab transport harakati to‘xtatilishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: