O‘zbekiston fuqarolarining Koreyada qonuniy ishlashi uchun ajratilgan kvota o‘rni ko‘paytirildi

O‘zbekiston 18:13 / 20.03.2019 23524

2019 yildan boshlab, Janubiy Koreya Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘zbekistonlik hamkasblari faoliyatiga munosib baho bergan holda, mehnat migrantlari uchun kvota o‘rinlarini ko‘paytirdi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar beradi.

Ma'lum qilinishicha, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun joriy yilda Koreya hukumati tomonidan 3200ta ish o‘rni ajratilish nazarda tutilgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 100taga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumiga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborish bo‘yicha vakolatli organlar etib, O‘zbekiston tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasi tomonidan Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati belgilangan. 

Ushbu Memorandumga ko‘ra, Koreya Respublikasiga mehnat migrantlarini jalb qilish jarayonida uchinchi tomonning ishtirok etishi taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: