Nima sababdan «Barselona», «Milan» va «London» endi Tashkent Cityʼda?

O‘zbekiston 13:13 / 20.03.2019 19527

TASHKENT CITY hududida joylashgan DREAM CITY DEVELOPMENT loyihasi “Boulevard turar-joy va shoping-avenyu” jozibadorligi va tez kunda do‘konlar sotuvga chiqishi haqida ma'lumot berildi.

DREAM CITY DEVELOPMENT xodimi Deniz Baxchechi Kun.uz uchun maxsus intervyuda TASHKENT CITY xalqaro biznes markazi hududidagi Boulevard turar-joy va shoping-avenyu loyihasining asosiy afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

Ayting-chi, nega siz o‘z reklama kampaniyangizda Barselona, Milan va London shaharlarini tilga olishni lozim topdingiz?

Barselona, Milan, London va Nyu-York kabi shaharlarda shoping-ko‘chalar sayyohlarni jalb qilish nuqtai nazaridan juda muhim rol o‘ynaydi. Ulardan ayrimlari Barselonadagi kabi shahar maydonining yangilanishiga xizmat qilsa, yana boshqalari Yelisey dalalari singari 300 yillik tarixga ega. Masalan, Londondagi mashhur Oksford-strit shaharning qadim istirohat bog‘lariga tutashib ketgan.

Bunday savdo maydonchalari shahar yuragini hosil qiladi. Bu kabi hududlarga tashrif har qanday mijozning vaqtini chog‘ qilishga qaratilgan: birgalikda tushlik qilish, yoqimli xaridlarni amalga oshirish va sayr etish imkonini beradi. Siz bu yerda istaganingizni topishingiz mumkin. Orzudagi jamoat maydoni haqida gap ketganda bizda shunday tasavvurlar uyg‘onadi.

Biz Toshkentda ham jahonning yetakchi poytaxtlaridagidan qolishmaydigan shoping-ko‘chalar tashkil qilishda xorij tajribasini, ularning yutuq va kamchiliklarini o‘rgandik. Yevropa shaharlarining misolida, ularning eng a'lo ustunliklarini Boulevard loyihasiga kiritdik.

Toshkentda bu loyihaga ehtiyoj bormi?

Biz shahardagi tijorat maydonlarini o‘rgandik. Ularda zamonaviy yechimlar, yaxshi rejalashtirilgan tadbirkorlik maydonlari yo‘qligi, shahar istirohat bog‘lari va metro bekatlari, yirik mehmonxonalar hamda zamonaviy brendlar bilan uyg‘unlashmagani ko‘zga tashlanadi.

Misol tariqasida millionlab o‘zbekistonliklar o‘tgan yil davomida xorijda bo‘ldilar. Ularning mutlaq ko‘pchiligi safarlar davomida turli-tuman xaridlarni amalga oshirganlar. Demak mamlakatda bu soha salohiyatini oshirish juda muhim hisoblanadi. Shunday ekan, jahon tajribasiga tayangan, yetakchi mutaxassislar tomonidan rejalashtirilgan bu loyiha shahar kelajagi uchun nihoyatda muhim.

Toshkentning turli davlatlar poytaxtlari bilan qanday o‘xshash jihatlarini ko‘rasiz?

Eng muhim o‘xshashlik bu Toshkentning tarixiy va tijoriy merosi, boy tarixidir. Bu shaharning Buyuk ipak yo‘li rivoji, savdo-sotiq madaniyatida qo‘shgan hissasi hozir ham sezilib turadi. Aynan mana shunday loyihalarda buyuk tarix va meros o‘z aksini topadi.

Katta rahmat. Ayting-chi, bu loyiha jahon standartlariga mos keladimi?

Albatta, Boulevard shoping-avenyusining konsepsiyasi jahonning yetakchi mutaxassislari tomonidan loyihalashtirilgan. Biz dunyo tajribasini o‘rganish va tatbiq etish bilan birga har bir soha, har bir brend ehtiyojlarini, ular uchun zarur maydonlarni, mahsulotlar toifalariga qarab joylashuvini ham hisobga oldik.

Bu yerda siz uchun zarur bo‘lgan xaridlarni oson va qulay amalga oshirishingiz hamda hordiq chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Tashkent Cityʼdagi Boulevard Shopping Avenueʼda xalqaro brendlar ham bo‘ladimi?

Albatta! Biz xalqaro brendlar va xorij bozorlariga chiqqan mahalliy yirik kompaniyalar bilan ham muzokaralar olib bormoqdamiz. Xalqaro hamkorlar O‘zbekistonni ulkan rivojlanish salohiyatiga ega hudud sifatida ko‘rishmoqda. Shubhasiz, salobatli loyiha – Tashkent City dunyo miqyosidagi brendlar uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, o‘zaro hamkorlik kuchayadi.

Boulevard loyihasining konsepsiyasi – bu katta turar-joy majmuasi bo‘lib, zamonaviy insonning qulay hayot kechirishi, xamma ehtiyojlarini qondirishi uchun barcha jihatlarni o‘zida jamlagan. Katta hududda brend do‘konlar, shinam restoranlar, ijtimoiy obektlar joylashadi va mahalliy aholiga ham, mehmonlarga ham xizmat qiladi.

Boulevard turar-joy majmuasida tijorat-savdo maydonchalariga alohida e'tibor qaratilgan. Toshkent shahridagi street-retail uslubida eng yirik savdo maydoni —Boulevard ko‘chalarining jami uzunligi 3 kilometrni tashkil qiladi. 21,5 ming kvadrat metrlik maydonda mehmonlar va aholi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni topish imkoni mavjud, shu jumladan istalgan did uchun butiklar, qahvaxonalar, restoranlar, ijtimoiy obektlar va boshqalar. Bu yerda yashash barcha uchun katta baxt.

Tashkent City hududidagi har bir loyiha – bu o‘z me'moriy yechimi, yuqori darajadagi sifati bilan yangilanayotgan poytaxt qiyofasiga o‘zgacha ulug‘vorlik olib kiritishga yo‘naltirilgan.

BOULEVARD Shopping Avenueʼdagi do‘konlarni tez kunda xarid qilishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot – har kuni soat 9:00dan 19:00gacha DREAM CITY sotuv ofisida:

Yagona ma'lumot markazi: (+998) 71−202−22−22

Manzil: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, Tashkent City IBC, blok 1, uy 1.

Mo‘ljal: Xalqlar Do‘stligi tomonidan, A. Navoiy ko‘chasiga olib boruvchi yo‘l bo‘yida.

Sotuv ofisi xar kuni, soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi

Veb-sayt: www.dreamcity.uz

Telegram kanal: t.me/dreamcityuz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: