JST O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassislar taqdim etishga tayyor

O‘zbekiston 13:06 / 23.02.2019 2628

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Jahon savdo tashkiloti vakillari – bosh direktor o‘rinbosari Alan Vulf va Kotibiyatning yangi davlatlar qo‘shilishi bo‘yicha departament direktori Mayka Oshikava bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zbek tomoni mehmonlarni qishloq xo‘jaligini takomillashtirishga va agrar sektorda davlat rolini kamaytirishga qaratilgan islohotlar bilan tanishtirdi. O‘z o‘rnida, A.Volf amalga oshirilayotgan islohotlarga yordam ko‘rsatish maqsadida, JSTning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassislarni taqdim etishga tayyorgarligini ta'kidlagan.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekistonning JSTga a'zolik uchun muzokaralar jarayoniga tayyorgarligi bo‘yicha fikr almashdilar.

Ko'proq yangiliklar: