Toshkent shahri yangi bosh loyihasining konsepsiyasi 2019 yil aprelida taqdim etiladi

O‘zbekiston 21:53 / 16.02.2019 9515

Toshkent shahri yangi bosh loyihasining konsepsiyasi joriy yilning aprel oyi yakunlariga qadar ishlab chiqiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

«Toshkent shahar bosh loyihasi 2014 yilda ishlab chiqilgandi, ammo ikki yilda ko‘p narsa o‘zgardi. Shuning uchun u (bosh loyiha - tahr.) biz istagan dolzarbligini yo‘qotdi. Ayni paytda loyiha ustida uchta xalqaro kompaniya ish olib boryapti: turk, xitoy va britan. Aprel oyining yakuniga qadar Toshkent shahri yangi bosh loyihasi konsepsiyasi tayyor bo‘ladi», — deydi  Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha  o‘rinbosari Davron Hidoyatov.

Toshkent shahar bosh loyihasini xalqaro kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqish masalasi Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatda aks etgandi. 

Shahar ma'muriyatiga ko‘ra, ko‘p vaqt ichida Toshkent hududidagi yashash maydonlarida tartibsiz qurilishlar bo‘ldi, ularning paydo bo‘lishida infratuzilma – yo‘llarning tirbandligi, elektroenergiya talabi va boshqa omillar inobatga olinmadi. 

Ana shunday holatlarning oldini olish, muammolarni bartaraf etish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat qurilish nazorat inspeksiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi negizida o‘z balansi, bank muassasalarida hisobraqamlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhriga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat qurilish nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: