Sardor Rashidov Portugaliyada ilk shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritdi

Sport 22:55 / 16.02.2019 29415

Portugaliyaning «Nasonal» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov mamlakat chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Feyrensi» (4:0) klubiga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

27 yoshli o‘zbekistonlik bahsning 12, 54 va 67-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol etib het-trikka erishdi.

Qayd qilish joizki, Sardor gollarni o‘ng va chap oyog‘i, shuningdek boshi bilan urib, ideal het-trikni qayd qildi.

O‘yindan so‘ng Rashidovga eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrin topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: