Germaniyada Amerika yadroviy bombalaridan qutulishni istashmoqda

Jahon 23:07 / 16.02.2019 10636

Germaniya hududida Amerika yadro quroli bo‘lmasligi kerak, dedi Germaniya sotsial-demokratik partiyasi vakillari. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

GSDP AQShning O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi munosabati bilan o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqadi, deya ma'lum qilgan partiya vakillari.

Ekspertlarning taxminicha, AQSh Yevropa hududida 180taga yaqin B61 yadroviy bombalarini joylashtirgan bo‘lib, ulardan 20tasi Germaniyada, qolganlari Belgiya, Italiya, Niderlandiya va Turkiyada joylashgan.

«Yadroviy ishtirok, albatta biz yadro qurolini saqlashimiz kerak degani emas», — dedi GSDPning Bundestagdagi deputati Rolf Myutsenix.

Uning fikricha, Germaniya Kanadadan o‘rnak olishi mumkin – NATO a'zosi bo‘lgan bu davlat hududida Amerika yadro quroli joylashtirilmagan.

The Wall Street Journal’ning qayd etishicha, Germaniyada Amerika yadro quroli borasidagi munozaralar ilk bor XX asr 80-yillarida paydo bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: