Ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish va yaxshilashga 38 mln dollar sarflanadi

Fan-texnika 15:38 / 15.02.2019 6237

Vazirlar Mahkamasining “Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirish” investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 noyabrdagi “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari kreditiga xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 951-son qarori hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Yaponiya tijorat banklari kreditlarini jalb qilgan holda respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 noyabrdagi “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari kreditiga xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 951-son qarori bilan “Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining magistral tarmoqni optik kanallarini zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi va raqamli radiorele qurilmalari texnologiyasini kengaytirish hamda “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirish” loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilgan;

“Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirish” investitsiya loyihalarining umumiy qiymati 38 041,90 ming AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan, 28 488,43 ming AQSh dollari - uskuna va xizmatlarning shartnoma qiymati, 8 537,73 ming AQSh dollari - O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi hissasi bojxona imtiyozlari tarzida, 1 015,74 ming AQSh dollari — investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar va boshqa sarf-xarajatlar;

“O‘zbektelekom” AK “Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha tender savdolari g‘olibi - “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi (Yaponiya) bilan qiymati 3 276 169 298,00 yapon yyeni miqsoridagi (28 488 428,68 AQSh dollari ekvivalentida) shartnoma tuzilgan;

Investitsiya loyihasining moliyalashtirish manbai sifatida O‘zbekiston Respublikasi hukumati kafolati ostida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Yaponiyaning tijorat banklari mablag‘lari belgilangan.

Qaror bilan quyidagilar:

“Magistral  va multiservisli ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirish” investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;

“Magistral  va multiservisli ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirish” investitsiya loyihalari bo‘yicha Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kreditini qaytarish bo‘yicha prognoz grafigi;

“Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha takomillashtirish” investitsiya loyihalari bo‘yicha Yaponiyaning “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” (SMBC) banki kreditini qaytarish bo‘yicha prognoz grafigi tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: