Eng yaxshi iPhone modellari aniqlandi

Fan-texnika 21:18 / 13.02.2019 16408

Reddit portalida iPhone modellaridan eng yaxshisi uchun ovoz berildi. Foydalanuvchilar iPhone’ning eng muvaffaqiyatli modellari borasida o‘z izohlari bilan bo‘lishishgan.

Resurs foydalanuvchilaridan biri smartfonning barcha modellari ketma-ket joylashtirilgan suratni joylashtirib, ulardan eng yaxshisini tanlashni taklif qilgan. Ikki kun ichida post 10 mingga yaqin layk va 400 dan ko‘proq izoh to‘plagan. Natijada eng ko‘p ijobiy fikrni iPhone 5, 5S va SE modellari to‘plagan.

Ko‘rinishicha, Apple’da ham buni biladilar. iPad Pro’ning yangi modellari dizayni aynan shu  modellar uslubida bajarilgani ham bejiz emas. Foydalanuvchilar, shuningdek, iPhone 7 va iPhone XR smartfonlarini ham qayd qilib o‘tishgan. “Inqilobiy” iPhone X smartfonini esa deyarli hech kim esga olmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: