Bugatti Jyenevada dunyodagi eng qimmat avtomobilni namoyish qiladi

Fan-texnika 08:18 / 12.02.2019 19898

Jyenevadagi avtosalonda dunyodagi eng qimmat avtomobil taqdimoti o‘tkazilishi kutilmoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil Volkswagen Group boshqaruv kengashining sobiq raisi Ferdinand Piyex buyurtmasi bilan yagona nusxada ishlab chiqarilgan. 

Mashinaning narxi 16 mln yevro yoki 18,2 mln dollarni tashkil qiladi. Bu mashina markaning 110 yillik yubileyiga atab chiqarilgan va Jyenevada kompaniyaning stendida Chiron Sport 110 Ans Edition modeli bilan birga yetakchilik qiladi.

Avtomobil haqida hozircha batafsil ma'lumot yo‘q. Mutaxassislarning fikricha, avtomobilning negizida Bugatti Chiron giperkari yotadi, biroq kuzovi o‘zgacha konstruksiya oladi. Bu avtomobil quvvati 1500 ot kuchidan yuqoriroq bo‘lgan 8 litrli dvigatel yordamida harakatga keltiriladi.

Ta'kidlanishicha, Piyex 2017 yilda narx borasida o‘rnatilgan rekordni yangilashi mumkin. O‘shanda noma'lum bo‘lib qolishni istagan shaxs modifikatsiya qilingan Rolls-Royce Phantom Sweptail’ni 11,5 mln yevroga xarid qilgan.

Bugatti yubileyini yangi giperkar bilan nishonlash bilangina kifoyalanib qolmaydi. Yirik sana munosabati bilan marka Chiron Sport modelining 110 ans Bugatti modifikatsiyasidan 20 dona chiqaradi. Bu modelning kuzovi va intereri o‘zgacha ko‘rinish oladi va u keng sotuvga chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: