Toshkent shahri bo‘ylab bir yilda 102 raqami orqali nechta murojaat bo‘lgan?

O‘zbekiston 17:38 / 18.01.2019 7024

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev maxsus brifing davomida poytaxt ichki ishlar tizimi faoliyati, 2018 yil sarhisobi haqida ma'lumotlar berdi.

R. Jo‘rayevning ma'lum qilishicha, 2018 yil davomida poytaxt bo‘ylab 102 qisqa raqami orqali 189 657 ta murojaat qabul qilingan. Shundan 9102 tasi xato qo‘ng‘iroqlar, ya'ni adashib tushishlar, qo‘ng‘iroq qilib sukut saqlash yoki bekorchilikdan qo‘ng‘iroq qilish kabilardir. Murojaatlarning barchasiga javob berilgan.

“Hozirgi kunda tezkorlik zarurati bo‘lganda xodimlarimiz o‘rtacha 5-7 daqiqada yetib bormoqdalar. Bir vaqtlar hatto avtomobillarimiz uchun yoqilg‘i masalasida ham qiynalardik. Prezidentimizga bu borada murojaat qilganimizdan so‘ng masala hal etildi. Murojaatlar bilan ishlashda oldingidek kimdir kimgadir buyurish tizimini bekor qildik. Murojaatni qabul qilgan operatorning o‘zi eng yaqindagi xodimni jo‘natadi va nazorat qiladi. Bu o‘z samarasini berdi – bir marta jinoyatchi bir kishini pichoqlab, qo‘lidan pichoqni tashlashga ulgurmagan holatda xodimlarimiz yetib borib qo‘lga olganlari ham qayd etildi hatto”, - deya IIBB boshlig‘i so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: