AQSh neft qazib olish bo‘yicha Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirishi mumkin

Jahon 17:30 / 18.01.2019 6813

AQSh joriy yilda neft qazib olish bo‘yicha Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, jahonda yetakchilikni o‘z qo‘liga olishi mumkin, deb ma'lum qildi Xalqaro energetika agentligi.

"Ikki yetakchi neft qazib olishni qisqartirar ekan, AQSh xom neft qazib olish bo‘yicha yetakchilikni mustahkamlashi mumkin. joriy yil o‘rtalariga kelib, AQSh Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldiradi", deyiladi agentlik hisobotida.

Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yilda AQShda sutkasiga 2,1 mln barrel suyuq uglevodorod qazib olingan.  

Xalqaro energetika agentligi 2019 yilda neftga bo‘lgan talab sutkasiga 1,4 mln barrelni tashkil etishini kutmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: