Noyabr oyida nimalar kuchga kiradi?

Foto: Christian Charisius / dpa
«Minimalka» oshiriladi, savdo-sotiq qilish qoidalari soddalashtiriladi, unning bozor narxlari joriy etiladi. Norma 2018 yil noyabrdagi shu va boshqa yangiliklar haqida sharh taqdim etdi.
Birinchidan, eng kam ish haqi, pensiya va stipendiyalar o‘rta hisobda 10%ga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, bu yil davomidagi ikkinchi indeksatsiya. Avvalgisi 15 iyulda amalga oshirilgan, uning o‘rtacha miqdori 7%ni tashkil etgan edi.
Ikkinchidan, savdoni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichi boshlanadi:
a) tovar-xom ashyo birjalari birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish, shuningdek AKTni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha shu'ba xo‘jalik birlashmalarini tuza oladilar. Import bo‘yicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulotlar esa ichki bozorda cheklovlarsiz – birja orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilishi mumkin (ilgari – faqat birja orqali);
b) naqd pul tushumini topshirish/inkassatsiya qilish tartibi soddalashtiriladi, korporativ bank kartalari yordamida hisob-kitob qilganda esa oldi-sotdi shartnomasini tuzmaslik mumkin, biroq invoys (hisobvaraq-faktura) rasmiylashtirish zarur.
Uchinchidan, 1-nav bug‘doy uni narxini belgilashning bozor mexanizmlari joriy etiladi. Eslatib o‘tamiz, 15 sentabrdan buyon tartibga solinadigan ulgurji sotish narxi – 1 kg uchun 1 400 so‘m amal qilib kelmoqda.
To‘rtinchidan, oy boshidan boshlab farmatsevtika sohasida yangi qoidalar qo‘llaniladi:
a) dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasi o‘rniga tegishli Davlat reyestridan ko‘chirma beriladi. U ariza beruvchining xohishiga ko‘ra taqdim etiladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilganda ko‘chirma talab qilinmaydi, u davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron ko‘rinishda (ariza beruvchining ishtirokisiz) yuboriladi. Tartibga soluvchi hujjatga ayni paytgacha tuzatishlar kiritilmaganligi bois mazkur ko‘chirma haq evaziga berilish/berilmasligi masalasi ochiqligicha qolmoqda (ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berganlik uchun 2 EKIH undirilar edi). Bundan buyon ro‘yxatdan o‘tishning amal qilish muddatini uzaytirish kerak emasligi quvonarli hol. Dastlabki 5 yillik muddat o‘tgach, Davlat reyestriga ma'lumotlar kiritiladi va unda doim saqlanadi;
b) dorixonalar va uning filiallari «angro» mahsulotini (yirik qadoqdagi dori vositalari va keyinchalik ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo) sotishga haqlilar. Uni maxsus uskunadan foydalangan holda o‘zlari qadoqlashlari, o‘rashlari va markirovka qilishlari mumkin. Tibbiyot muassasalari, sh.j. davlat tibbiyot muassasalari «angro» mahsulotini sotib olishlari mumkin. Sotish tartibi 1 noyabrgacha tasdiqlanishi kerak edi.
Beshinchidan, terroristik, ekstremistik tuzilmalar safiga aldov yo‘li bilan jalb etilgan kishilar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ushbu mexanizmning barcha tafsilotlari alohida hujjatda qayd etilishi kerak edi (hozircha qabul qilinmadi). Biroq ushbu «amnistiya» ostiga tushishi aniq bo‘lgan shaxslar ro‘yxati mavjud.
Oltinchidan, YHQni buzganlik uchun jarimalar to‘lashning billing tizimi joriy etiladi. Jarimalar to‘g‘risidagi xabarlar SMS shaklida yoki pochta orqali yuboriladi. «Ma'muriy amaliyot» yangi elektron kompleksi amaliyotga joriy etilishi bilan buni amalga oshirish imkoni yuzaga keldi. Uning yordamida huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida ishlarni ko‘rib chiqadilar va jarimalarni undiradilar.
Yettinchidan, Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, shuningdek oliy ta'lim muassasalari huzuridagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar Xalq ta'limi vazirligining idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, ayrim normalar oy boshidan emas, balki boshqa sanadan kuchga kiradi:
• to‘xtab turish joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kamida 5% bepul joylarni ajratish talabi – 5 noyabrdan;
• xorijiy avtotashuvchilarni XYT daftarchasidan foydalanish huquqidan mahrum qilish asoslari ro‘yxati – 19 noyabrdan;
• chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni hisobga olishning yangi qoidalari – 21 noyabrdan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

08:12 / 29.04.2025
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi

09:20 / 18.04.2025
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

14:45 / 09.04.2025