Elektr energiyasi va gaz tariflari 10 foizga oshishi mumkin

O‘zbekiston 21:20 / 03.10.2018 48797

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflarining oshirilishi haqidagi masala muhokama etilmoqda. Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ham shu haqida gap bordi.

Tadbir davomida «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Odil Temirov ayni paytda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda gaz bahosini ko‘tarish masalasi muhokama etilayotganini aytib o‘tdi.

Foto: XPK

Temirovning ta'kidlashicha, aholi uchun 1 kub metr tabiiy gazning qiymati 289,7 so‘mdan 320 so‘mgacha (oshish 10 foiz), korxonalar uchun 600 so‘mgacha yetishi mumkin. Bu holatda 1 kVt⋅soat elektr energiyasining narxi aholi uchun 228,6 so‘mdan 250 so‘mgacha (oshish 9,4 foiz), yuridik shaxslarga 470 so‘mgacha oshirilishi mumkin.

Ilgariroq «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov ayni paytda gaz narxini oshirish uchun aniq ma'lumotlar yo‘qligini ta'kidlab o‘tgan edi.

«Gaz narxlarining oshishi aniq emas. Narxlar oshishini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining ko‘tarilishi yoki o‘zgarishini «O‘ztransgaz» hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala», — degan edi u.

Darvoqe, tadbir davomida tariflarning past darajada ekanligi qonunchilik amaliyotida elektr energiyasidan oqilona foydalanmaganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash amaliyoti ko‘rsatib o‘tilmagani bilan birgalikda iste'molchilar tomonidan undan xo‘jasizlarcha, jumladan, sutkaning yorug‘ qismida ham yoritish uchun elektr energiyasidan nooqilona foydalanishga sabab bo‘layotgani aytib o‘tildi.

Ko‘proq yangiliklar: