Suv ostida qolgan qadimiy shaharlar

Light 19:44 / 22.09.2018 25968

Arxeologlarning jahon hamjamiyati suv ostida qolgan qadimiy yodgorliklarga doimiy ravishda duch keladi. OAVda vaqti-vaqti bilan yoshi yuz, ba'zida esa mingdan oshgan suv ostidagi shahar va aholi yashash manzillari topilmalari to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘ladi.

Foto: National Geographi

Gvatemala. Samabax

Qadimiy mayya xalqining shahar qoldiqlari taxminan 2 ming yil avval Atitlan ko‘lining suvi ostida qolgan. Ular 1996 yilda to‘satdan 30 metrdan ortiq chuqurlikdan topilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, cho‘kish vulqon faoliyati oqibatida bir onda yuz bergan.

Foto: ThisIsAfrica.me

Misr. Aleksandriya

Eramizning boshidagi kuchli zilzila Qadimiy Aleksandriyaning bir qismi cho‘kishiga sabab bo‘ldi. Mashhur Kleopatra saroyi ham suv ostiga g‘arq bo‘ldi. U 1998 yilda boshqa qurilmalar bilan birga topilgan. Artefaktlar topilgan joyda suv osti muzey kompleksini barpo etish bo‘yicha loyiha mavjud.

Foto: CNN

Misr. Gerakleon va Kanopus

Bu ikki Qadimiy Misr shaharlari Yegipet darvozalari edi. Ular haqida tarixiy qo‘lyozmalarga asoslangan afsonalar mavjud. Faqat 90-yillarning oxiriga kelib, dengiz tubida ularni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Qurilish ostida suv bo‘lgan yer ustida olib borilgan, degan fikr bor. Inshoot vazni sabab yer qulab tushgan va suv qa'riga barcha arxitektura boyligini o‘zi bilan olib ketgan.

Foto: Greek Reporter

Gretsiya. Pavlopetri

Eramizdan avvalgi ming yil avval yuz bergan zilzila sabab suv ostiga ketgan yana bir shaharlardan biri Qadimiy Pavlopetri edi. U saroylar, turar-joy binolari va hatto qabrlarni saqlab, 30 ming kvadrat metrga cho‘zilgan.

Foto: RT

Isroil. Atlit-Yam

Bu suv ostidagi eng qadimiy makon hisoblanadi. Uning yoshi 7 ming yilga teng. Qadimiyligi sabab olimlar uning cho‘kishi bo‘yicha savolga aniq javob berolmaydilar. Ba'zi fikrlarga ko‘ra, bu sunami yoki dengiz sathining ko‘tarilishi bo‘lishi mumkin.

Foto: Guff

Yamayka. Port-Royal

Qachonlardir Port-Royal qaroqchilar maskani bo‘lgan. Bu yerda binolar, omborxonalar qurilgan, boyliklar to‘plangan. Biroq zilzila hech nimani  ayab o‘tirmadi. Bugun sayyohlik obektini yaratish maqsadida qaroqchilar suv osti shahrini qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilyapti.

Foto: AGEAC

Yaponiya. Yonaguni kompleksi

Olimlar eramizdan 3 ming yil avval ulkan piramidani yodga soluvchi ko‘p sonli inshootlarni yaratish kim uchun zarur bo‘lganini bilishmadi. Yonaguni oroli yonidagi inshoot 25 metr chuqurlikda yotibdi.

Foto: Archeomatica

Italiya. Bayi

Qadimgi rimlik aslzodalar Bayi shahrida dam olishni xush ko‘rishgan. Keyinchalik vulqon jarayonlari ta'sirida shahar cho‘kib ketgan.

Foto: indiaspeaksdaily.com

Hindiston. Dvarka

Kambey bo‘g‘ozida arxeologlar tomonidan eramizdan avvalgi 7,5-yilga mansub bo‘lgan qadimgi shahar qoldiqlari topilgan. U 35 metr chuqurlikda yotadi. Cho‘kish sabablari tabiat hodisalari bilan bog‘liq.

Foto: Mystic Sciences

Kuba. Yukatan bo‘g‘ozi

2000-yillarning boshida olimlar Kuba oroli qirg‘oqlarida qadimiy qoldiqlarni topishdi. Ularning yoshi 2 ming yildan oshadi degan fikr bor. U tarixchilar uchun noma'lum bo‘lgan sivilizatsiya tomonidan barpo etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: