Toshkent IIBB Internetdagi video yuzasidan tekshiruv boshladi

Jamiyat 16:10 / 13.08.2018 106278

Internet tarmog‘ida «Spark» va «Jiguli» avtomobillaridagi bir guruh shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan hodisa tasvirlangan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan bo‘lib, hodisa ishtirokchilarining shaxsi aniqlanmoqda.

Poytaxt IIBB axborot xizmati xabarida aytilishicha, jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida rasmiy ma'lumot bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: