Import bo‘yicha imtiyozlar kompleks ekspertizadan o‘tadi - Prezident qarori

Iqtisodiyot 22:57 / 31.05.2018 10665

Endilikda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatlari va ularga tuzatishlar, imtiyozlar berish to‘g‘risida qonun yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati mavjud bo‘lgan taqdirdagina, imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi, shuningdek, ularning kompleks ekspertizasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritiladi​. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 may kuni imzolagan “Imtiyozlar va prefentsiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida shunday deyiladi.

Ma'lum qilinishicha, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatining kompleks ekspertizasi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, tashkilot ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega bo‘ladi. 

Shuningdek, hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi berilgan imtiyozlarni muddatidan oldin tugatish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga asoslantirilgan takliflar kiritish huquqiga ega ekani ta'kidlanmoqda.

Qarorda imtiyozlar berishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi shartligi ifodalangan. Bunda ushbu loyihalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladigan ekspertizalarning boshqa turlari bir vaqtda o‘tkaziladi.
Ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasiga so‘ralayotgan imtiyozlar bo‘yicha asoslantirish va tegishli hisob-kitoblar majburiy tartibda ilova qilinadi. 

Ularda loyihaning maqsadi, amalga oshirish muddati, kiritilayotgan investitsiya va eksport hajmi, yangidan tashkil etiladigan ish o‘rinlari soni, yaratilayotgan yoki joriy etilayotgan innovatsion mahsulot, texnologik yangiliklar, progressiv ilmiy izlanishlarning aniq natijalari, ishlab chiqarish, ishlar (xizmatlar, soliq tushumlari, imtiyozlarning hisoblangan summasi va boshqalar) hajmining o‘sishi ko‘rsatiladi.

Ushbu hujjatlar, jumladan, quyidagilarni:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan istiqbolli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, imtiyozlar va preferensiyalarning alohida tarmoqlar, faoliyat sohalari va hududlarga ta'sirini;
  • berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalarning byudjyet va jamiyat uchun samaradorligini;
  • ularning raqobat muhitiga va tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Ko‘proq yangiliklar: