«Ular uzoqqa bormaydilar» - Tramp o‘zini jinniga chiqargan shimollik vazirga javob qaytardi

Jahon 10:40 / 24.09.2017 28413

AQSh prezidenti  Donald Tramp Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xoning BMT Bosh assambleyasidagi nutqiga izoh berdi va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga «uni yaqinda yo‘q qilish» bilan tahdid qildi. Li Yon Xo nutqi davomida Trampni ruhiy nosog‘lom deb atagandi. 

«Hozirgina Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining BMTdagi nutqini tingladim. Agar u kichkina raketa-odamning fikrlarini takrorlashda davom etsa, ular uzoqqa bormaydilar!», deb yozgan Tramp tvitterda

Avvalroq Li Yon Xo AQSh prezidentini o‘ziga bino qo‘ygan «ruhiy kasal» deb atagandi va unga «yadro knopkasi»ga ishonish xavfli ekanini ta'kidlab o‘tgandi. U, shuningdek, Tramp Oq uyni «shovqin-suron bozor»ga aylantirib yuborgani va Shimoliy Koreya yetakchisiga aytgan so‘zlari uchun javob berishini aytgan.

«Tramp balki uning og‘zi nima aytayotganini bilmasligi mumkin, biroq biz unga uning xayoliga sig‘maydigan oqibatlarni ta'minlaymiz»,  deb aytgan Shimoliy Koreya vaziri.  

Ko‘proq yangiliklar: