«Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etildi

O‘zbekiston 15:49 / 18.07.2017 10280

O‘zbekistonda aholining ehtiyojmand qatlamini himoya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida «Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 iyul kuni shu haqdagi qarorni imzoladi.

Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • aholining himoyaga muhtoj qatlamlari, avvalo, bemor va nogiron bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishni ta'minlash, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va davolash, nogironlikni reabilitatsiya qilish va oldini olish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idagi mahrum bo‘lgan yoki xavfli guruhga kiradigan bolalar, «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylari va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi genofondini yaxshilash, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish borasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, O‘zbekistonning yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy fuqarolar va tashkilotlar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘larini jalb etish va jamlash bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirish.

Fondga uning xayriya dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlarining fuqarolik burchi hisoblanadi, deyiladi qarorda.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Fond xayriya dasturlari ishtirokchilari bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar berishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: